
Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev 21-fevral kuni harbiy xavfsizlik va davlat mudofaasini mustahkamlash masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Majlis avvalida avvalida mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida qilingan ishlar va ularning natijalari hamda yoʻl qoʻyilgan ayrim kamchiliklar koʻrsatib oʻtildi.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tomonidan 20 dan ziyod mamlakat bilan ikki tomonlama harbiy hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 400 dan ortiq qoʻshma mashgʻulotlarda yuqori koʻrsatkichlarga erishilgan.
Hozirda Vatan himoyachilariga sharoit yaratishda harbiy-maʼmuriy sektorlar, davlat va jamoat tashkilotlari ham ishtirok etmoqda. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maktablarda ularni chaqiruvga qadar boshlangʻich harbiy tayyorlashga ham eʼtibor kuchaygan.
Yigʻilishda 2025-yil va kelgusi yillar uchun ustuvor vazifalar belgilandi.
Jumladan, milliy armiyani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilashda zamonaviy qurolli mojarolar, xavfsizlikka mavjud tahdidlar va harbiy harakatlar teatri xususiyatlarini hisobga olish zarurligi taʼkidlandi.
Hozirgi kunda turli mintaqaviy mojarolarda sunʼiy intellekt, robot, raketa, dron va ularga qarshi vositalar keng qoʻllanmoqda. Shundan kelib chiqib, qoʻshinlarda dronlar va ularga qarshi kurashish, sunʼiy intellekt bilan ishlaydigan kibertuzilmalar, robotlashgan texnikalarni qoʻllash va havo hujumidan mudofaa boʻyicha yangi boʻlinmalarni tashkil etish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Prezident, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni tomonidan Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini taʼminlash, jangovar tayyorgarlik koʻrsatkichlarini yanada takomillashtirish, sunʼiy intellektga asoslangan qoʻshinlarni avtomatlashtirilgan yagona boshqarish tizimini yaratish, harbiy taʼlim va harbiy kadrlarni tayyorlashda dual taʼlimdan foydalanish lozimligi urgʻulandi.
Shuningdek, armiyaning ustuni boʻlmish “Bosh serjantlar korpusi” faoliyatini takomillashtirish, mudofaa sanoatini yanada rivojlantirish, harbiy xizmatchilarni va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy sport sohasiga yoʻnaltirish kabi muhim vazifalar belgilab berildi
Xabarga koʻra, yigʻilishda mudofaa vaziri, harbiy okrug qoʻmondonlari va boshqa masʼullarning hisobot hamda takliflari eshitildi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q