
Jamiyat
Prezident bugun, 21-fevral kuni Mudofaa sanoati agentligining Innovatsion texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, bu yerdagi ishlab chiqarish quvvatlari, ilgʻor ishlanmalar, harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar bilan tanishdi.
Mazkur markazda 80 ga yaqin harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, robototexnika va uchuvchisiz apparatlar boʻyicha startap loyihalari qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Tashrif davomida harbiy texnikaning yangi namunalari, mudofaa sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha istiqbolli loyiha va rejalar taqdimot qilindi.
Shavkat Mirziyoyev bu birinchi qadamlar boʻlganini aytar ekan, mudofaa tizimining raqobatbardoshligini oshirib borish boʻyicha koʻrsatmalar berib, ishlab chiqarishni muntazam takomillashtirib, yangi mahsulotlarni oʻzlashtirish, bunda innovatsion texnologiyalar va sunʼiy intellektdan keng foydalanish muhimligini taʼkidladi.
Shu qatorda, buyurtma asosida sohaga xususiy sektorni kengroq jalb etib, harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulot turlarini koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Yangi ish oʻrinlari yaratish, mutaxassislarni tizimli tayyorlash, yangi texnikalar boʻyicha ilmiy laboratoriyalar tashkil etish masalalariga ham eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa sanoati korxonalari xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalarda faol ishtirok etmoqda. Xususan, joriy yilning 17-21-fevral kunlari Abu-Dabi shahrida (BAA) boʻlib oʻtayotgan “IDEX-2025” koʻrgazmasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 100 dan ortiq harbiy texnika va mahsulotlar namunalari namoyish etilmoqda. Xorijiy hamkorlarda katta qiziqish uygʻotgan “Arslon 8×8” va “Arslon 6×6” zirhli transportyorlar, «Toʻfon« oʻziyurar gaubitsasi ham shular jumlasidan.
Tashrif yakunida davlat rahbari mudofaa sanoatini yanada rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini koʻrsatib, mutasaddilar oldiga mahsulotlarning yuqori sifatini taʼminlash, ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish va mahalliy korxonalarning xalqaro bozordagi oʻrnini mustahkamlash yuzasidan aniq vazifalar qoʻydi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q