
Jamiyat
Oʻzgidromet 21–23-fevral kunlari uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga koʻra, bugun va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechalari +3– +8 daraja iliq, kunduz kunlari +15– +20 daraja iliq, baʼzi joylarda +22 daraja iliqqacha boʻladi.
Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida harorat pasaya boshlaydi va 23-fevral(yakshanba)da harorat kechasi -1– -6 daraja sovuqqacha, kunduzi -3 daraja sovuq– +2 daraja iliqqacha pasayadi.
Bugun 21-fevralda respublikaning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
22-fevralda janubiy hududlarda va choʻl zonasida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 23-fevralda respublikaning koʻpchilik hududlarida (Fargʻona vodiysidan tashqari) baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shimolda yomgʻir va qor koʻrinishida yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent shahrida 21–23-fevral kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
Harorat asosan kechalari +5– +8 daraja iliq, kunduz kunlari +17– +20 daraja iliq boʻladi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q