Madaniyat
Prezidentning tegishli qarorida har yili mart oyida “Milliy qadriyatlar oyligi” tadbirlari va xalq sayillarini oʻtkazib borish belgilangan.
Mazkur oylik milliy qadriyatlar, urf-odatlar, xalq oʻyinlari yoʻnalishidagi ijro sanʼatini targʻib etishga qaratilgan boʻlib, bu loyiha anʼanalar, tarix, xalqning turmush tarzi, qadriyatlari va maʼnaviyati kabi jihatlarni oʻzida mujassam etadi.
Maʼlumot uchun, “Milliy qadriyatlar oyligi”da rang-barang tadbirlar va xalq sayillari tashkil etiladi.
Bunda milliy liboslar targʻiboti, xalq oʻyinlari, badiiy jamoalarning chiqishlari, qoʻshiqchilik sanʼati (oʻlan, lapar, xalq oʻyinlari, terma, marosim qoʻshiqlari, xalfachilik, baxshichilik va hokazo), raqs sanʼati namunalari( (turli hududlarga xos xalq raqslari), milliy cholgʻuchilik sanʼati, arqon tortish, dor oʻyinlari, tosh koʻtarish kabi qadimiy oʻyinlar, milliy kurash musobaqalariga keng oʻrin beriladi.
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
111040
Jamiyat
94511
Jamiyat
90451
Jamiyat
74512
Jamiyat
//
Izoh yo‘q