Oʻzbekiston va Ozarboyjon oʻzaro ID-kartalarni tan olish masalasini koʻrib chiqmoqda

Saqlash
16:21 / 20.02.2025 116 0

Mamlakat elchixonasi koʻmagida Oʻzbekiston va Ozarboyjonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari oʻrtasida ikki davlat fuqarolarining ID-kartalarini chegaradan oʻtish uchun rasmiy hujjat sifatida tan olish imkoniyati muhokamasiga bagʻishlangan onlayn uchrashuv tashkil etildi.

 

Ushbu saʻy-harakat sayohatlarni yengillashtirish va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Tomonlar fuqarolar harakatini soddalashtirish, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va migratsiya siyosati sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ushbu qadam muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.

 

ID-kartalardan foydalanish Oʻzbekiston va Ozarboyjon fuqarolariga chet el pasportini olmasdan turib chegarani kesib oʻtish imkonini beradi, bu esa sayohat qilish qulayligini oshiradi va mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi.

 

Shuningdek, mazkur qarorning qabul qilinishi Oʻzbekiston va Ozarboyjon oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik munosabatlarining rivojlantirishga ijobiy taʻsir koʻrsatishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//