Senat diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini maʼqulladi

Saqlash
13:02 / 20.02.2025 190 0

Oliy Majlis yuqori palatasi “fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati” konsepsiyasini bir ovozdan maʼqulladi. Hujjat prezident tomonidan imzolangach kuchga kiradi.

 

20-fevral kuni Senatning toʻrtinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonun koʻrib chiqildi. Senatorlar bir ovozdan ushbu qonunni maʼqulladi.

 

Maʼlum qilinishicha, ushbu hujjat bilan belgilanayotgan asosiy vazifalarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish maqsadida parlament komissiyasi tashkil etilishi nazarda tutilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, joriy yil 31-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ishlab chiqilgan “Fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” birinchi oʻqishda konseptual jihatdan maʼqullanib, 9-fevralga qadar jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgandi.

 

Konsepsiya loyihasi boʻyicha muhokamalarda aholidan 400 tadan ortiq izohlar, taklif va tavsiyalar kelib tushgan, ularning 200 dan ortigʻi ijobiy ekani aytilgan.

 

11-fevral kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida mazkur qonun loyihasi hamda Konsepsiya loyihasi ikkinchi va uchinchi oʻqishlarda qabul qilingan.

 

Hujjat endilikda prezident tomonidan imzolangach kuchga kiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//