
Siyosat
Banklar 12 oydan ortiq muddat davomida amaliyotlar ro‘y bermagan kartalarni bir tomonlama bloklashlari mumkin. Bu haqda Humo to‘lov tizimi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Kutilmaganda bloklanishning oldini olish uchun, foydalanilmayotgan Humo kartalaringizni @humocardbot orqali oldindan vaqtinchalik bloklab qo‘yish tavsiya etiladi. Bu kartalaringiz xavfsizligini ta’minlashga va ularni bank tomonidan (zaruriyatsiz) bloklanishining oldini olishga yordam beradi”, deyiladi xabarda.
Yanvar oyi oxirida “Bankers.uz” nashri banklar 12 oy davomida “harakatsiz” bo‘lgan kartalarni bloklashi haqida mijozlarni ogohlantira boshlaganini ma’lum qilgandi. Bu Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan yangi talablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Unga ko‘ra, bitta jismoniy shaxsga (bitta JSHSHIRga) emissiya qilinadigan kartalar sonini bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha cheklash bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy qilingandi.
Biroq Markaziy bank tijorat banklari uchun 1 yildan beri foydalanilmayotgan kartalarni bloklash bo‘yicha talablar joriy etilishini rasman e’lon qilmagan.
Ayni paytda tijorat banklari tomonidan fuqarolarga tegishli bank kartalari haqida SMS xabarlar yuborilmoqda. Markaziy bank bunga izoh berib, ushbu SMS xabarlar fuqarolarni ularning nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida yuborilayotganini bildirdi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q