
Siyosat
Ozarboyjonda Turkiy dunyo mamlakatlarining yirik biznes tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar strategik hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi ma’lum qildi.
Investitsiya imkoniyatlarini muhokama qilish, biznes hamkorligini mustahkamlash, mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish, ayol tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va Turkiy davlatlar oʻrtasida investitsiyalarni ragʻbatlantirish masalalari muhokamasiga qaratilgan ushbu tadbirda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar vakillari, jumladan Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili, hukumat aʼzolari, tadbirkorlar, diplomatlar va investorlar ishtirok etdi.
Unda turkiy davlatlar oʻrtasidagi biznes va investitsiya imkoniyatlarini kuchaytirish maqsadida TIF va TCCI oʻrtasida strategik hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida faoliyat yurituvchi Turkiy investitsiya jamgʻarmasi (TIF) 2023-yil 16-mart kuni Anqarada imzolangan kelishuv asosida tashkil etilgan. Ozarboyjonda uning tashkil etilishi mamlakat prezidenti tomonidan 2023-yil 30-mayda imzolangan qonun bilan tasdiqlangan va jamgʻarma oʻz faoliyatini 2024-yilda boshlagan. Kelishuv natijasida infratuzilma, savdo hamda kichik va oʻrta biznes loyihalarini moliyalashtirish, ishbilarmonlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, Turkiy davlatlar oʻrtasida savdo hajmini oshirishga erishiladi.
Tadbir doirasida TIFning ustav kapitali 20% ga oshirilib, 600 million AQSH dollariga yetkazilgani eʼlon qilindi. Ushbu moliyaviy oʻsish mintaqada mikro, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, savdo va tadbirkorlikni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Oʻzbekiston ayol tadbirkorlarning iqtisodiyotdagi oʻrnini mustahkamlash maqsadida 2025-yil may oyida Qoraqalpogʻistonda TDTga aʼzo mamlakatlarning tadbirkorlar ayollar forumini tashkil etish taklifini ilgari surdi.
Shuningdek, tadbir doirasida B2B uchrashuvlari tashkil etilib, yangi hamkorlik masalalari muhokama qilindi va kelgusi investitsiya loyihalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q