
Jamiyat
Bugun “Jadid” gazetasida chop etilgan sara maqolalar asosida tayyorlangan “Tilda, fikrda, ishda birlik” kitobining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi. Unda diplomatik korpus vakillari, jadidshunos olimlar, atoqli adib va publitsistlar, sanʼat vakillari, “Jadid” gazetasining faol mualliflari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda bir yil davomida gazetada jadidshunos olimlar, ziyolilar, tadqiqotchi mualliflarining tahliliy-tanqidiy, ijtimoiy-siyosiy mavzudagi materiallari eʼlon qilingani, “Tilda, fikrda, ishda birlik” kitobi ana shu ish jarayonining samarasi, boshqacha aytganda, 2024-yil sarhisobi boʻlgani taʼkidlandi.
Taqdimotda jadidlar hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan kitoblar, tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmasi ham tashkil qilindi. Shuningdek, dastur davomida Oʻzbekiston davlat drama teatri repertuaridan joy olgan “Turkiston bolalari” spektaklidan parcha yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi. Tadbir yakunida “Jadid” gazetasi tomonidan oʻtkazilgan “Mushtariylar eʼtirofi” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q