Germaniya 3 ta yoʻnalish boʻyicha ishga taklif qilmoqda

Saqlash
16:23 / 18.02.2025 348 0

Migratsiya agentligi va Germaniyaning AMAZONE ish beruvchi tashkiloti oʻzbekistonliklar uchun quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ish oʻrinlarini taklif etmoqda:

▪️ payvandchi;

▪️ muhandis-mexanik;

▪️ chilangar.

 

Bunda oylik 1800 yevro (taxminan 24 500 000 so‘m) boʻlib, uy ijarasi va ovqatlanish xarajatlari ishchining oʻz hisobidan boʻladi.

 

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

▪️ yosh chegarasi: 40 yoshgacha;

▪️ nemis tilidan kamida A2 darajadagi Gyote, Telc yoki ÖSD xalqaro sertifikat;

▪️ metall texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi va texnika yoʻnalishida kasb taʼlim diplomi yoki

avtomobilsozlik, mashinasozlik, agrar mashinasozlik boʻyicha bakalavr diplomi;

▪️ soha boʻyicha kamida 1-yillik tajriba;

▪️ ish jadvali: haftasiga 5 kun, 40 soat.

 

Shuningdek, talabgorlar sudlanmagan va jismonan sogʻlom boʻlishi kerak.

 

Sinov muddati 6 oy boʻlib, hozirda 70 oʻrin uchun nomzodlardan arizalar qabul qilinmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//