
Madaniyat
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobxon onalar kuni” ma’rifiy loyihasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Kitobxon onalar kuni” 2022-yil oktyabr oyidan buyon oyning har 17-sanasida o‘tkazib kelinadi. Loyihaning shiori “Barcha islohotlarni oila, onalar ma’naviyati bilan amalga oshiramiz” bo‘lib, ko‘zlangan maqsad esa jamiyatda yangi ma’naviy makon yaratish, ezgu g‘oyalar, milliy qadriyatlar, urf-odat, muqaddas an’analarni singdirishga qaratilgan tizimli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, kitob va kitobxolikni farzand, ayniqsa qizlar tarbiyasi, ta’limi, oila ma’naviyati, ma’rifatli jamiyat qurish bilan bog‘liq g‘oyalarni ilgari surish, oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlashdir.
Loyihaning har sonida bitta kitob tanlanib, asar asosida tuzilgan blits savollarga ZOOM dasturi orqali qatnashayotgan respublikaning Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari xodimlari va barcha ishtirokchilar javob berishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu sonda Abdurauf Fitratning “Oila” kitobi yuzasidan blits savol-javoblari o‘tkazildi va shart qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.
Tadbirni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Guljamol Asqarova olib bordi. Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva kitobxonlik targ‘iboti haqidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Haj safari uchun yig‘gan mablag‘iga mahallasi maktabiga kitoblar jamlanmasini sovg‘a qilgan Andijon viloyati Baliqchi tumani Matonat MFYda yashovchi onaxon Yoqutxon Abdullayeva haqida lavha namoyish etildi.
“Akademnashr”ning “Izlam” loyihasida kitoblari chop etilgan Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari Mohira Eshpo‘latova va Madina Norchayevalar o‘zlarining oila, kitobxonlik, ijod yuki borasidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Mazkur tadbirda ZOOM platformasi orqali respublikadagi barcha Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, kutubxonachilar, umumta’lim maktablarining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari, jamoat faollari, ijodkorlar, uy bekalari ishtirok etdi.
Ma’lumot o‘rnida: 2022-yildan beri “Kitobxon onalar kuni”ning 32 soni amalga oshirilgan bo‘lib, 200 dan ortiq kitoblar muhokamasi, 100 ga yaqin kitoblar taqdimoti o‘tkazildi, 200 mingga yaqin a’zolarini o‘z tarkibiga birlashtirgan “Oqila ayollar harakati” ko‘magida 20 mingga yaqin faol xotin-qizlar, kutubxonachilar, o‘qituvchilar va jamiyatda nofaol bo‘lgan uy bekalari kitobxonlik tadbirlariga qamrab olindi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q