Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi

Saqlash
09:50 / 18.02.2025 121 0

Prezident qarori bilan Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil qilinadi.

 

U Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi negizida Yoshlar ishlari agentligi huzurida ish boshlaydi.

 

Jamgʻarma mablagʻlari belgilangan manbalar hisobidan 100 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng summaga yetkaziladi.

 

Jamgʻarma koʻmagida kamida 50 ming nafar yoshlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish uning faoliyatining asosiy samaradorlik koʻrsatkichi hisoblanadi.

 

Hujjatga koʻra, belgilangan daryo, kanal va sohil boʻylarida xizmat koʻrsatish, koʻngilochar va dam olish maskanlarini tashkil etish boʻyicha biznes loyihalarni joylashtirish uchun oʻrnatilgan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish orqali yer uchastkalari ajratiladi.

 

Yoshlar ishlari agentligining jamgʻarmaga ajratiladigan mablagʻlari hisobidan esa jamgʻarma huzurida ustav fondi 10 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng boʻlgan yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini moliyalashtiradigan venchur jamgʻarma tashkil etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//