
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev kecha Al-Kuvayt shahridagi “As-Salom” saroy-muzeyiga tashrif buyurdi.
Maʼlumot uchun, saroy 1960–1964-yillarda oʻziga xos arab meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan va 1990-yilgacha Kuvaytga tashrif buyurgan xorijiy rahbarlar uchun rasmiy qarorgoh boʻlib xizmat qilgan.
2019-yilda saroyda muzey ochilgan boʻlib, unda 32 ming kvadrat metr maydonda Kuvaytning koʻp asrlik tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob eksponatlar namoyish etilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muzey ekspozitsiyasi bilan tanishib, uning meʼmoriy konsepsiyasi va zamonaviy infratuzilmasini yuqori baholagan.
Oʻzbekiston bilan Kuvayt madaniy almashinuvlarini, xususan, muzey ishi va tarixiy merosni asrash sohasidagi aloqalarni kengaytirish, qoʻshma gumanitar dasturlarni amalga oshirish va oʻzaro koʻrgazmalar tashkil etish muhimligi qayd etilgan.
Yakunda Shavkat Mirziyoyev muzeyning Faxriy mehmonlar kitobida dastxat yozib qoldirgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q