Ish haqi, pensiya va nafaqalarning oshishi haqida tarqalgan xabarlar asossiz — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Saqlash
09:19 / 17.02.2025 191 0

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda “1-martdan oylik va nafaqalar oshishi” haqida xabarlar tarqaldi.

 

Ularda aytilishicha, joriy yilning 1-martidan oylik va nafaqalar 10 foizga, keyingisi esa 1-avgustdan yana 10 foizga oshiriladi. Buning natijasida “2025-yilda ish haqi va pensiyalarda 20 foiz oʻsish boʻladi”. Mazkur xabarlar rasmiy tasdiqlanmagan edi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ish haqi, pensiya va nafaqalarning oshishi haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini bildirdi.

 

“Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda ish haqi, pensiya va nafaqalarning 2025-yil 1-martdan va 1-avgustdan 10 foizga oshirilishi toʻgʻrisida xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qilamiz”, deyiladi vazirlik munosabatida.

 

Taʼkidlanishicha, ish haqi va pensiyalar boʻyicha har qanday rasmiy maʼlumotlar tegishli davlat organlarining rasmiy manbalari orqali eʼlon qilinadi.

 

Vazirlik ishonchli manbalarga tayanishni, tekshirilmagan xabarlarni tarqatmaslikni soʻragan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//