O‘qituvchiga madaniyat doirasidan tashqarida munosabatda bo‘lishga hech kimning haqi yo‘q – Hilola Umarova

Saqlash
15:44 / 16.02.2025 336 0

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo tumanidagi 1-maktabda fuqaro dars vaqtida sinfxonaga kirib, o‘qituvchini haqorat qilib, unga qo‘l ko‘targani aks etgan video tarqaldi va bu holat jamoatchilik o‘rtasida keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi munosabat bildirdi.

 

Unga ko‘ra, maktabda sodir bo‘lgan holat O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli bandlariga ko‘ra ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudida ko‘rib chiqilgan.

 

Sudga viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasi tomonidan berilgan pisixiatrik ekspertiza xulosasi taqdim etilgan. Ushbu ekspertiza xulosasida qayd etilishicha, fuqaro G.X. aqliy zaiflik yengil darajasi bilan xastalangan hamda huquqbuzarlikni sodir etgan vaqtda o‘z harakatlariga javob bera olmagan.

 

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, sud fuqaro G.X.ning umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanishi yuzasidan hukm chiqargan. Fuqaro G.X. ayni vaqtda ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

 

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova o‘zining telegram kanalida O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasini keltirarkan, hechkimning pedagog darsini buzishga, ular bilan madaniyat doirasidan tashqarida muomalada bo‘lishga haqi yo‘l ekanini ta'kidladi:

 

"Bunday holatlar aniqlansa vazirlik zudlik bilan huquq-tartibot idoralariga murojaat qiladi!" - deya ularning faoliyati qonun bilan himoyalanganini, o'qituvchi qadr-qimmatini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini bildiradi vazir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//