
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Davlati Amirining taklifiga binoan 17-18-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashrif dasturiga muvofiq, Al-Kuvayt shahrida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar hamda ushbu mamlakat hukumati aʼzolari, yetakchi kompaniyalari va bank-moliya tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtadi.
Sammit kun tartibidan Oʻzbekiston-Kuvayt doʻstlik va koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, savdo, innovatsiyalar, investitsiya va moliya, “yashil” energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika, infratuzilma, shaharsozlik, sogʻliqni saqlash va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olishi koʻzda tutilgan.
Madaniy-gumanitar va turizm almashinuvini kengaytirish masalalari ham diqqat markazida boʻladi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston va Kuvayt yetakchilari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini koʻrib chiqadi.
Muzokaralar yakunida qator qoʻshma hujjatlar va bitimlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q