Auksionda 12 mln so’mga sotilgan to’plam, izlamchilar chiqishi – “Fonus” she’riyat kechasi qanday o’tdi? (foto)

Saqlash
15:29 / 15.02.2025 479 0

15-fevral kuni “Yangi Oʻzbekiston” universiteti sheʼriyat va adabiyot ixlosmandlarini bir davraga — Fonus sheʼriyat kechasiga toʻpladi.

 

 

Tadbirda zamonaviy adabiyot namunalarini iqtidorli ijodkorlar xususan, “Izlam” loyihasining birinch va ikkinch mavsum ijodkorlari jonli tarzda ifoda etdi.

 

 

 

Tadbir dasturi shoirlarning badiiy chiqishlaridan tashqari, taniqli xonanda Shuhrat Daryoning musiqa ijrosini ham ichiga oldi.

 

 

Tadbir so‘ngida esa adabiyot ixlosmandlari uchun noyob imkoniyat taqdim etildi — “Izlam” to‘plamining maxsus nashri auksioni o‘tkazildi. Unda universitet talabasi Nurali Karimov g‘olib chiqib, to‘plamni 12 mln so‘mga sotib oldi. Talabadan avvalgi eng yuqori narx — 11,5 mln so‘m “Akademnashr” rahbari Sanjar Nazar tomonidan taklif qilingan edi.

 

 

Tadbirga yig‘ilgan "Izlam" ijodkorlari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanib, boshqa adabiyot ixlosmandlari bilan umumiy fotosuratni kadrga muhrladi.

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//