![](/storage/posts/February2025/cuIfp6OOdveUBgeqDAxz-small.png)
Jamiyat
Yoshlar bilan muloqot davomida Prezident kambagʻallikni qisqartirishning eng samarali yechimi taʼlim ekanini taʼkidladi.
Shu sababli ham, endilikda kam taʼminlangan oilada hech boʻlmaganda bitta farzand oliy maʼlumotli boʻlishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Jumladan, kambagʻal oilaning farzandiga taʼlim krediti foizsiz beriladi. Ular uchun qoʻshimcha grant ajratiladi. Kontrakt toʻlovining bir qismi qoplab beriladi.
Uchrashuvda iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin ogʻir oilaviy sharoiti sababli oʻqish imkoniyatiga ega boʻlmagan yoshlarni xorijda oʻqitish boʻyicha yangi tizim – “Yorqin isteʼdod” loyihasi joriy etilishi ham maʼlum qilindi.
Bunda har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga chanqoq yoshlar saralab olinib, iqtidori aniqlanadi. Ularning salohiyatiga mos xorijiy oliygoh tanlanib, tayyorgarlik kurslarida oʻqitiladi.
Xorijda taʼlim olib qaytgan yoshlar esa Milliy kadrlar zaxirasiga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladi. Ular davlat organlariga tanlovsiz ishga olinadi.
Har yili saralashdan oʻtgan 1 ming nafar yoshlar dunyoning “top-100” oliygohlariga yuborilib, oʻqish va yashash xarajatlari qoplab beriladi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q