![](/storage/posts/February2025/cuIfp6OOdveUBgeqDAxz-small.png)
Jamiyat
Prezident va yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtayotgan muloqot jarayonida ayollar bilimini oshirishda bajarilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirildi.
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarning kontrakti davlat tomonidan qoplab berilayotgani hisobiga talaba qizlar soni 11 karra koʻpayganini urgʻuladi.
“Men bir hayotiy fikrni takrorlashdan charchamayman: bitta qizni oʻqitsak, butun oilani oʻqitgan boʻlamiz. Oila bilimli, maʼrifatli boʻlsa, butun jamiyat bilimli, maʼrifatli boʻladi. Bu boradagi ishlarni yanada jadal davom ettiramiz”, – dedi Prezident.
Xabarda koʻra, oʻtgan 25-yil ichida davlat hisobidan 800 nafar yoshlar xorijga oʻqishga yuborilgan boʻlsa, birgina “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali soʻnggi 7-yilda 3 barobar koʻp oʻgʻil-qiz bunday imkoniyatga ega boʻldi.
Endilikda Yoshlar agentligi xorijda oʻqiyotgan har bir talabaga bosh-qosh boʻlib, ehtiyojlarini aniqlashi, Vatanga qaytib, oʻz oʻrnini topishi, muvaffaqiyatli karyera qilishi kabi masalalarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan teng masʼul boʻlishi belgilandi.
Shuningdek, davlat rahbari hozirgi tezkor axborot almashinuvi davrida yosh avlod, ayniqsa, bolajonlar uchun milliy kontentlarni yaratish dolzarb vazifaligi, bunday kontentni bogʻcha va maktabdagi taʼlim jarayonlarida namoyish etish orqali yanada ommalashtirish zarurligini taʼkidladi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q