![](/storage/posts/February2025/cuIfp6OOdveUBgeqDAxz-small.png)
Jamiyat
Ayni vaqtda Koʻksaroy qarorgohida Prezident yoshlar bilan muloqot qilmoqda.
Xabarga koʻra, uchrashuvda yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish chora-tadbirlari muhokama qilish, faol yoshlarning takliflari eshitish rejalashtirilgan.
Davlat rahbarining maʼlum qilishicha, Hozirgi vaqtda dunyodagi “top” oliygohlarda 1,5 mingdan ziyod talabalarimiz tahsil olmoqda.
Bundan besh yil oldin Senat va Qonunchilik palatasida Yoshlar parlamenti tashkil etilgan edi. U yerda yoshlar siyosiy yetakchilik, demokratiya maktabi, parlamentarizm maktabi qanday boʻlishini amalda koʻrdi. Oxirgi saylovda ana shu yoshlarimizdan ikki nafari Qonunchilik palatasiga, 250 nafari kengashlarga deputat boʻlib saylandi.
“Endi barcha tizimdagi rahbarlar yoshlarning baralla ovozini eshitishga majbur. Yoshlar buyuk kelajagimizning asosiy boʻgʻini ekanligini tushunmagan rahbar bizning safimizda boʻlishga haqqi yoʻq”, – dedi Prezident.
Taʼkidlanishicha, har yili mehnat bozoriga 600 mingdan ortiq yoshlar kirib kelmoqda. 2030-yilga borib bu koʻrsatkich 1 million nafarga yetadi.
Bu esa davlat va jamiyat zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi.
Oʻtgan 8-yilda yosh tadbirkorlar soni 3 karra koʻpayib, bugun biznes vakillarining salkam 40 foizini yoshlar tashkil etmoqda.
Hozirda ishsiz yoshlar 2 karra kamaygan. Ishsizlikdan xoli mahallalar soni 1 ming 889 taga yetgan.
Prezident uchrashuv davomida ishsiz yoshlar koʻp boʻlgan tuman rahbarlarini tanqid qildi.
Jumladan, Shoʻrchi, Buvayda, Furqat, Kasbi, Forish tumanlarida ishsiz yoshlar koʻpligi u yerdagi rahbarlarning masʼuliyatsizligidan dalolatligi koʻrsatib oʻtildi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q