![](/storage/posts/February2025/cuIfp6OOdveUBgeqDAxz-small.png)
Jamiyat
Oʻzgidromet 14–16-fevral kunlari uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga koʻra, bugun kunduzi Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyati shimolida biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi, Surxondaryo, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarining baʼzi joylarida esa biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.
Shanba kuni respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining ayrim hududlarida kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi.
Yakshanba kuni Oʻzbekistonning koʻpgina hududlarida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining shimoli-gʻarbiy hududlaridan tashqari) yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi.
Bugun va ertaga kunduz kunlari havo harorati 7–10 darajagacha isiydi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat 3-6 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat, asosan, kechalari 0–5 daraja iliq boʻladi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 16-fevral – yakshanba kuni ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.
Poytaxtda bugun biroz yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Ertaga, 15-fevral kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. 16-fevralda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik(yomgʻir, qor) boʻladi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
Bugun va ertaga kunduzi harorat 7–10 daraja iliq boʻladi. 16-fevral – yakshanba kuni 3–6 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat, asosan, kechalari 0–3 daraja iliq boʻladi.
Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q