“Hammaga qahramon qizim bor, deb aytganman” – Prezident

Saqlash
11:25 / 14.02.2025 377 0

Kecha boʻlib oʻtgan olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari boʻyicha videoselektor yigʻilishida Prezident paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova bilan muloqot qildi.

 

“Asila qizimni koʻrganimdan juda xursandman. Qizim, baxtli boʻlgin. Yaqinda toʻylaringni eshitib, vakilimni yubordim. Sizlarga baxt-saodat tilayman. Eng ishonchli, mardona, mard qizlarimdan birisan. Hammaga qahramon qizim bor, deb aytganman. Senga ham telefonda qahramon qizim deganman. Ilohim, baxtli boʻlinglar. Sizlarning baxt-u kamollaringni koʻrish hammamizga nasib qilsin. Qizim, ishlaringda muvaffaqiyat. Kelajakda Oʻzbekistonga shoda-shoda medallar olib kelishingga ishonaman”, degan Shavkat Mirziyoyev.

 

Asila Mirzayorova ham davlat rahbarining tabriklarini yetkazishganini aytdi:

 

“Oilaviy minnatdor boʻldik. Los-Anjelesda boʻlib oʻtadigan Paralimpiya oʻyinlariga kuchli tayyorgarlik koʻrishni maqsad qilib qoʻyganman. Turmush oʻrtogʻim bilan birga sport sohasidamiz. Ular ham sport murabbiyi hisoblanadi”, degan paralimpiya chempioni.

 

Prezident Asilaga baxt tilagan hamda Yangi Oʻzbekistonning yangi oilasi va yangi qahramonlar paydo boʻlishiga ishonch bildirgan.

 

Paralimpiya chempioni esa, oʻz navbatida, Los-Anjelesda boʻlib oʻtadigan Paralimpiya oʻyinlarida bitta oltinni ikkita qilishga vaʼda bergan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//