
Jamiyat
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi oʻz faoliyati boʻyicha maʼlumot taqdim etdi.
Unga koʻra, 2018-2024-yillar davomida jamgʻarma tomonidan 2225 nafarga yaqin stipendiat dunyoning 45 ga yaqin davlatiga taʼlim olish va stajirovka oʻtish uchun yuborilgan.
Shundan 1400 nafari Oʻzbekistonga qaytib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, taʼlim, fan, tibbiyot va davlat boshqaruvi yoʻnalishlarida xorijda toʻplagan ilgʻor bilim va koʻnikmalarini qoʻllab kelmoqda. Ularning 372 nafari uzoq muddatli dasturlar asosida oʻqigan, yaʼni 14 nafari bakalavriat, 316 nafari magistratura va 42 nafari doktorantura dasturlarida tahsil olgan.
Bugungi kunda jami 748 nafar stipendiat dunyoning TOP-300 taligiga kiruvchi nufuzli universitetlarda taʼlim olishini davom ettirmoqda. Shundan 399 nafari bakalavr, 242 nafari magistr, 107 nafari doktorant hisoblanadi.
Jamgʻarma orqali oʻqiyotgan oʻzbekistonlik yoshlarning son jihatidan eng katta ulishi AQSh( 364 nafar), Buyuk Britaniya(193 nafar), Italiya(38 nafar), Rossiya(34 nafar), Germaniya(27 nafar), Avstraliya(25 nafar) va Malayziya(19 nafar) davlatlariga toʻgʻri keladi.
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha Toshkent shahrida eng koʻp yoshlar jamgʻarma stipendiati boʻlishgan – 168 nafar.
Hudud jihatidan 2-oʻrinda Namangan viloyati oʻrin olgan – 64 nafar.
3-oʻrinda Samarqand viloyati koʻrsatilgan – 62 nafar.
Sirdaryo (15 nafar) va Navoiy (28 nafar) viloyatlari eng quyi oʻrinlarni band qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q