Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sport masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilmoqda.
Yigʻilishda ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish masalalari muhokama qilindi.
Oʻtgan yili ommaviy sport musobaqalarida yoshlar qamrovi 10 millionga yetdi. Lekin yoshlarni bolalikdanoq sportga jalb qilishga barcha tumanlarda birdek eʼtibor qaratilmayapti.
Misol uchun, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning oʻtgan yilgi mavsumida tuman bosqichida gʻolib boʻlgan 150 ming yoshlarning atigi 15 foizi sport maktablariga tanlab olingan.
Endilikda har haftada mahallalarda ommaviy jismoniy faollik tadbirlari oʻtkazib boriladi. Ularga nogironligi boʻlgan shaxslar keng jalb etiladi. Shuningdek, mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi.
Yil yakunida eng faol oilalarga trenajerlar beriladi, eng yaxshi mahallalarda esa sport maydonchalari qurilib, jihozlanadi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
112430
Jamiyat
95090
Jamiyat
91309
Jamiyat
76008
Jamiyat
//
Izoh yo‘q