Toshkent shahri uchun yana mingta avtobus sotib olinadi

Saqlash
12:02 / 13.02.2025 91 0

 

Poytaxtga yana mingta Yutong avtobuslarini olib kelish imkoniyatlari oʻrganilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʻlum qilinishicha, vazir Ilhom Mahkamov Xitoyning Yutong Bus kompaniyasining xalqaro marketing boʻyicha vitse-prezidenti Syuy Pen bilan uchrashib, Oʻzbekistonda jamoat transporti tizimini rivojlantirish jarayonida harakat tarkiblarini yangilash borasidagi vazifalarni muhokama qildi.

 

Xususan, tomonlar 200 ta elektrobus sotib olish loyihasini amalga oshirishning hozirgi holatini, shuningdek, Toshkent shahri uchun yana 1000 ta avtobus sotib olish boʻyicha istiqbolli loyiha yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, xususiy tadbirkorlar tomonidan elektrobuslarni sotib olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bogʻliq jihatlar atroflicha muhokama etildi.

 

Transport vaziri Oʻzbekistonda foydalanilayotgan Yutong kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan avtobus va elektrobuslar soni ortib borayotganidan kelib chiqib, kompaniya tomonidan koʻrsatilayotgan servis xizmatlarini kuchaytirish zarurligini taʻkidladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//