![](/storage/posts/February2025/XMmmc2ovkXf537TJ2U3o-small.jpg)
Jamiyat
10-fevral kuni Turkiyada Samarqand va Koʻniyoning birodar shaharlar maqomida hamkorlik qilishi boʻyicha protokol imzolandi. Bu haqda “Yuksalish” harakati matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjatni Turk dunyosi munitsipalitetlari ittifoqi prezidenti, Koʻniyo shahri meri Ibrohim Altay va Samarqand hokimi Fazliddin Umarov imzoladi.
Protokol doirasida tomonlarning oʻzaro hurmat, ishonch va tenglik tamoyillariga asoslangan hamkorlikni rivojlantirish maqsadlari mustahkamlangan. Xususan, tajriba almashinuvi, iqtisodiy hamkorlik, taʻlim, sogʻliqni saqlash, yoshlar siyosati, sport, turizm, tarixiy va madaniy merosni muhofaza qilish, ekologiya, energetika, madaniyat, sanʻat, axborot texnologiyalari va transport sohalarida hamkorlik qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, investorlar va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, xalqaro tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tashabbuslarni ilgari surish koʻzda tutilgan.
Maʻlumot uchun, Koʻniyo Turkiyaning eng yirik shaharlaridan biri boʻlib, boy tarixi va madaniy merosi bilan mashhur. Bundan tashqari, u muhim sanoat va qishloq xoʻjaligi markazi hisoblanadi. Koʻniyoda koʻplab ilmiy tadqiqotlar va IT-sektor taraqqiyotiga hissa qoʻshuvchi universitetlar va texnoparklar joylashgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q