Endilikda qamoqdan chiqqan shaxslarga bir martalik nafaqa toʻlanadi

Saqlash
09:07 / 13.02.2025 183 0

“Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq, 2025-yil 1-maydan ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga BHMning 6 baravari (2,25 million soʻm) miqdoridagi bir martalik nafaqa puli “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali toʻlanadi.

 

Shuningdek, farmonga koʻra, 2025-yil 1-apreldan “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sogʻliqni saqlash boʻyicha ijtimoiy yordamlar esa – oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilalarga ham taqdim etiladi.

 

Fevral oyi boshlarida Oʻzbekistonda jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha 1 ta kitob oʻqib, belgilangan imtihonni topshirsa jazo muddati 3 kungacha qisqartirilishi mumkinligi toʻgʻrisida xabar berilgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//