Bosh sovrini avtomobil boʻlgan olimpiada tashkil etiladi

Saqlash
14:36 / 12.02.2025 212 0

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi hamkorligida matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari boʻyicha Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi (IBRO-2025) tashkil etilmoqda.

 

Olimpiada testbor.uz taʼlim platformasida 3 bosqichda 2–11 sinflar oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Taʼkidlanishicha, 1-, 2- va 3-oʻrinlarni egallagan jami 18 nafar oʻquvchi AKITA va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetlariga 100 foiz grant ajratiladi.

 

Bunda:

Birinchi bosqich (tuman) — onlayn tarzda 1–7-aprel kunlari tashkil etiladi. Birinchi bosqichda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish, qatnashish va natijalarni aniqlash testbor.uz taʼlim platformasi orqali amalga oshiriladi.

 

Ikkinchi bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida 13–20-may kunlarida onlayn tarzda oʻtkaziladi. Yakuniy tanlovda ishtirok etish uchun ikkinchi bosqichda har bir hudud kesimida 1–5-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar saralab olinadi.

 

Uchinchi bosqich – Final bosqichi – 2–8-sinf oʻquvchilari uchun onlayn shaklda oʻtkaziladi. 10-11-sinf oʻquvchilari uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida oʻtkaziladi.

 

Xabarda yozilishicha, eng faol ishtirok etib yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritgan maktab jamoasiga “Oʻzavtosanoat” AJ tomonidan bosh sovrin – BYD Chazor avtomobili topshiriladi.

 

Bundan tashqari, har bir fan kesimida yuqori 10 talik oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarning ustozlari ham taqdirlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//