Alisher Qodirov vazirliklarni tanqid qildi

Saqlash
10:17 / 12.02.2025 165 0

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari vazirliklarning mamlakatda qilingan ishlarni odamlarga toʻgʻri yetkazib berolmayotganini tanqid ostiga oldi.

 

Uning soʻzlariga koʻra, qilingan ishlar juda koʻp, ularni odamlarga yetkazishda masala bor. Odamlar hayoti oʻzgarayotganini sezadi, yanada yaxshirogʻini tezroq boʻlishini talab qiladi va yaxshiga tez koʻnikib, yomonni tez unutishga moyil boʻladi.

 

“Biz axborot maydonida qilinayotgan ishlarni yoritish va xalqning barcha qatlamlariga bu haqida yetkazib berish masalasini yetarlicha olib bormayapmiz deb hisoblaymiz. Masalan, energiya islohotlari Oʻzbekistondagi. Bu revolyutsion oʻzgarishlar boʻlyapti hozir. Biz sekin-sekin gaz va elektr isteʼmolini mutanosiblashtirib boryapmiz. Aholimiz rivojlangan davlatlardagi kabi elektr isteʼmoliga sekin-sekin moslashib boryapti. Bu boʻyicha juda katta ishlar qilinyapti. Mana, elektr energiyasi agar 10 yil oldin yetmagan boʻlsa, bugun 81 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilyapti. 2035-yilga kelib 130 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, nafaqat aholini taʼminlash, balki xorijga sotish haqidagi rejalar ham bor. Bu quruq gaplar emas, juda katta ishlar qilinyapti. Lekin nega aholi bu haqida bilmaydi?” degan savolni oʻrtaga tashlagan “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Qonunchilik palatasi yigʻilishida.

 

Qodirov vazirlik-idoralarning bu masalaga eʼtiborsizligi, chala surishtiruv va malakasiz taxminlarga tayanib ish qilishi ijtimoiy tarmoqlarda shovqin qilishdan manfaat izlaydigan ayrim soxta qahramonlarni oʻziga boʻlgan ishonchining ortib ketishiga sabab boʻlayotgani haqida gapirgan. U bunday eʼtiborsizlik xalq nigohida erishilayotgan koʻlamli natijalarni qadrsiz qilayotganini urgʻulagan.

 

“Bunga yoʻl qoʻyilmasligi kerak!” debdi yozgan u Telegram sahifasida.

 

Partiya raisi ayrim holatlarda oddiy xatolar bilan qilinayotgan ishlarning teskari taʼsiri paydo qilinayotganini ham taʼkidlagan.

 

“Xalqimiz barcha axborot vositalarida, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda qilingan, qilinayotgan va qilinishi rejalashtirilayotgan barcha ishlar haqida bevosita masʼul idoralardan malakali, ochiq va tushunarli maʼlumot olib borishi muhim ekanligiga eʼtibor qaratdik” deb yozgan Alisher Qodirov xabari soʻngida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

12:37 / 12.02.2025 0 61
Mahalla raislarining vakolat muddati uzaytirildi

Jamiyat

11:56 / 12.02.2025 0 88
Ajrim jarayoniga yangi tartib kiritilishi mumkin

Jamiyat

11:10 / 12.02.2025 0 71
Endi kam taʼminlangan oilalarga nafaqa toʻlanadi

Jamiyat

10:17 / 12.02.2025 0 166
Alisher Qodirov vazirliklarni tanqid qildi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
102309
65948

//