Yigit talashib janjallashgan oʻquvchi qizning ota-onasi javobgarlikka tortildi

Saqlash
17:03 / 11.02.2025 39 0

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda maktab oʻquvchi-qizlarining janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Voqea Samarqand viloyatida sodir boʻlgan.

 

Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi oʻrganish ishlarini olib borganda videodagi jabrlanuvchi qiz Ishtixon tumanidagi 15-umumtaʼlim maktabining 7-sinf oʻquvchisi, zoʻravon qiz esa shu tumandagi 74-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi ekani maʼlum boʻlgan.

 

Yakunda har ikkala oʻquvchi bilan maktab amaliyotchi psixologlari, mahalla xotin-qizlar faoli va maktablarga biriktirilgan inspektor-pisixologlar tomonidan profilaktik suhbatlar oʻtkazilgan.

 

Shuningdek, holat tuman IIB tomonidan nazoratga olinib, zoʻravon oʻquvchi qizning ota-onasiga nisbatan MJtKning 47- moddasi, birinchi qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//