![](/storage/posts/February2025/X6IvAchUXrD5hNc9yFgf-small.jpg)
Jamiyat
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi boʻlmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek, ifodalanish usulidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
Mualliflik huquqi biron-bir obyektiv shaklida boʻlgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi.
Qonunchilikka binoan muallif asaridan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqi asosida asarini tarjima qilishga yoki tarjima qilish huquqini berishga ruxsat berishi mumkin.
Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzgan shaxslar maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Jumladan, maʼmuriy javobgarlikka koʻra, asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, barchaning eʼtiboriga yetkazish:
▪️ fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha (375 ming soʻmdan 1 mln 875 ming soʻmgacha);
▪️ mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming soʻmdan 3 mln 750 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Maʼlumot uchun, asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalari, bundan tashqari, ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalar hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollari musodara qilinadi.
Jinoiy javobgarlikka koʻra esa, mualliflik huquqini oʻzlashtirib olish:
▪️ BHMning 25 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima (9 mln 375 ming soʻmdan 28 mln 125 ming soʻmgacha);
▪️ 5-yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▪️ 3-yilgacha axloq tuzatish ishlariga jalb qilinish kabi javobgarliklarga sabab boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q