![](/storage/posts/February2025/EeckiyOIYGmSgqL0J62A-small.jpg)
Jamiyat
Soʻnggi yillarda minglab insonlar turli yoʻllar bilan jiddiy xavf-xatarga qaramay, katta mablagʻ evaziga Meksika orqali AQShga oʻtishga uringanidan xabaringiz bor.
Bunday yoʻl qiyinchilik va tavakkallar bilan bogʻliq boʻlib, oqibatda odam savdosi, firibgarlik va huquqiy muammolarga olib kelgan. Bundan koʻplab oʻzbekistonliklar ham jabr koʻrgan.
Markaziy Osiyo mintaqaviy tahdidlarni oʻrganish markazi eksperti, immigratsiya huquqi boʻyicha mutaxassis Alisher Sodiqovning soʻzlariga koʻra, Trampning migratsiya siyosati endi oʻzbeklar uchun foydali boʻlishi mumkin.
“AQShga noqonuniy yoʻl bilan borish uchun Oʻzbekiston fuqarolari Meksika chegarasini kesib oʻtish sxemasidan foydalangan. Ulardan 30 ming dollardan 50 ming dollargacha mablagʻ talab etilgan. Arzonroq variant faqat chegaragacha yetkazib qoʻyishni oʻz ichiga olgan boʻlsa, qimmatroq xizmatlar migrantlar uchun maxsus avtomobil tayyorlash, chegaradan yashirin oʻtish va AQSh tarafiga oʻtgach, advokat yordamini oʻz ichiga olgan”, deydi u.
Ekspertning qoʻshimcha qilishicha, migratsiya siyosatining keskinlashuvi bu xavfli yoʻlni deyarli toʻxtatadi. Bu Oʻzbekiston fuqarolari uchun ham ijobiy boʻladi.
Uning fikricha:
Birinchidan, fuqarolar firibgarlik yoki odam savdosi qurboni boʻlishdan saqlanadi;
Ikkinchidan, noqonuniy yoʻlga sarflanadigan 30-50 ming AQSh dollari, qonuniy taʼlim, biznes yoki boshqa istiqbolli loyihalarga yoʻnaltirilishi mumkin;
Uchinchidan, rasmiy migratsiya yoʻllari rivojlanadi. Xorijiy davlatlarga qonuniy, xavfsiz va kafolatlangan yoʻllar orqali borish imkoniyatlari kengayadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q