Endi pensiya olish uchun murojaat qilinmaydi

Saqlash
09:26 / 11.02.2025 104 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasida nafaqalarni tayinlash va toʻlash bilan bogʻliq ishlarni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi dastlabki tarzda koʻrib chiqildi.

 

Mazkur qonun loyihasi bilan pensiya olish yoshiga toʻlgan (erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yosh) fuqarolarga yoshga doir pensiyasini ularning alohida murojaatini talab etmagan holda fuqaroning ish staji, ish haqi va boshqa maʼlumotlarini vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida bir kun muddatda proaktiv shaklda tayinlash tartibini joriy etish belgilanmoqda.

 

Qonun loyihasida, shuningdek, fuqaro pensiya yoshiga yetib, ammo mehnat faoliyatini davom ettirish istagi boʻlganida proaktiv shaklda tayinlanadigan yoshga doir pensiyani rad qilish tartibini ham joriy etish nazarda tutilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, amaldagi tartibga koʻra, fuqarolar belgilangan pensiya yoshiga toʻlganidan soʻng, pensiya tayinlashni soʻrab yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga, Davlat xizmatlari markaziga va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan roʻyxatdan oʻtib, soʻrovnomani toʻldirgan holda murojaat qiladi.

 

Qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalari muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//