![](/storage/posts/February2025/b3fQhyO26fKdoz85w2ki-small.jpg)
Jamiyat
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024-yil davomida falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengashlar tomonidan oʻtkazilgan himoya jarayonlarining internet orqali jonli efirga uzatilishi respublikadagi 152 ta muassasaning rasmiy veb-sayti asosida tahlil qilindi.
Unga koʻra, mazkur davrda ilmiy kengashlar tomonidan falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun oʻtkazilgan jami 3400 dan ortiq dissertatsiya himoyasidan 1130 tasi, yaʼni 33 foizi internet tarmogʻi orqali jonli efirga uzatilgan.
100 dan ortiq muassasaning rasmiy veb-saytida himoya jarayonini hech qanday cheklovlarsiz jonli efir orqali kuzatish imkonini beruvchi havolalar taqdim etilmagan.
Bu kabi holatlarga asosan quyidagi muassasalarda yoʻl qoʻyilgan:
▪️ Qoraqalpoq davlat universiteti;
▪️ Namangan muhandislik-texnologiya instituti;
▪️ Urganch davlat universiteti;
▪️ Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
▪️ Toshkent davlat stomatologiya instituti;
▪️ Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
▪️ Toshkent davlat texnika universiteti ”Fan va taraqqiyot”DUK;
▪️ Andijon davlat tibbiyot instituti;
▪️ Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;
▪️ Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
▪️ Qarshi davlat universiteti va boshqalar.
Ilmiy kengashlar tomonidan oʻtkazilgan dissertatsiya himoyalarining hududlar kesimidagi tahlili hamda bu boradagi jarayonlarni samarali tashkil etgan muassasalar roʻyxati quyidagi infografikalarda keltirilgan:
Agentlik qonunchilik talablarini buzgan muassasalarga tegishli koʻrsatmalar va ogohlantirish xatlari kiritilganini maʼlum qildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q