Dunyo aholisining uchdan ikki qismi 70 yoshdan oshgan erkaklar tomonidan boshqariladi

Saqlash
17:05 / 10.02.2025 85 0

Foto: BILD

 

Jahon boʻyicha siyosiy hokimiyat borgan sari keksalar qoʻliga oʻtmoqda. Masalan, hozirda harbiy jihatdan eng lider davlatlar boʻlmish AQSh, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Eron rahbarlarining yoshi 70 dan kam emas. Jumladan:

▪️ AQSh – Donald Tramp – 78 yosh;

▪️ Rossiya – Vladimir Putin – 72 yosh;

▪️ Xitoy – Si Szinpin – 71 yosh;

▪️ Hindiston – Narendra Modi – 74 yosh;

▪️ Eron – Oyatulloh Ali Xominaiy – 85 yosh.

 

Qizigʻi, shu 5 ta mamlakat aholisi 5,4 mlrd boʻlib, bu dunyo aholisining 67,5 foizi deganidir.

 

Taʼkidlanishicha, roʻyxatdagi davlat rahbarlari shunchaki hokimiyatdagi emas, balki haqiqatda qaror qabul qiladigan shaxs sifatida qabul qilingan.

 

Shuning uchun ham Buyuk Britaniya hokimiyat vakili bu roʻyxatga kiritilmagan. Chunki mamlakat qiroli garchi Charlz III (u 76 yoshda) boʻlsa-da, aslida qaror qabul qilish vazifasini Bosh vazir Keir Starmer (62) bajaradi.

 

Xabarda yozilishicha, Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyo aholisining oʻrtacha yoshini 30 deb hisoblaydi. Demak, aholining yarmi 30 yoshdan kichik. Davlat rahbarlarining oʻrtacha yoshi esa 61 yosh va bu aholining oʻrtacha yoshidan ikki baravarga koʻp.

 

Yosh boʻyicha hozirgi rekordchi rahbar Kamerun prezidenti Pol Biyadir. U 91 yoshda va 42 yildan beri bu lavozimda ishlab keladi. Ajablanarlisi, Kamerun aholisining oʻrtacha yoshi 18 ga ham yetmaydi.

 

BILD tahliliga koʻra, atigi 28 mamlakat va hudud ayollar qoʻlida. Bularga Meksika yoki Italiya kabi bir nechta yirik davlatlar kiradi. Jami 380 mln fuqaro ayol rahbarlar tomonidan boshqariladi. Bu dunyo aholisining atigi 4,7 foizini tashkil qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//