Jamiyat
Maktablardagi oʻzbek tili (davlat tili) fani oʻqituvchilariga ham ustama toʻlab beriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova oʻz Telegram sahifasida maʼlum qildi.
Vazirning yozishicha, 2025-yil 1-fevraldan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.
Maʼlumot uchun, mazkur yangilik Prezident tomonidan qabul qilingan “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilab qoʻyilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
112430
Jamiyat
95090
Jamiyat
91309
Jamiyat
76008
Jamiyat
//
Izoh yo‘q