![](/storage/posts/February2025/mjEt5jMpLgFqdUolJxgO-small.jpg)
Jamiyat
Oʻzgidromet 7–9-fevral kunlari uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga koʻra, ertaga Oʻzbekiston hududiga nam havo kirib kelishi boshlanadi. Baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Xorazm viloyatida va choʻl hududlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin.
Hududning katta qismida yuqori havo harorati saqlanib turadi, faqat respublikaning shimolida 3 daraja sovuq–2 daraja iliqqacha pasayadi.
Yakshanba kuni respublikaning koʻpchilik viloyatlarida kechasi va ertalab yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Kunduz kunlari havo harorati 5–10 daraja iliqqacha pasayadi. Shimolda esa 3 daraja sovuq–2 daraja iliq atrofida boʻladi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida yakshanba kuni kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi (qorga aylanishi mumkin). Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari asosan 2–6 daraja iliq, kunduz kunlari (7–8-fevralda) 13–16 va (9-fevralda) 8–10 daraja iliq boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q