“TURKSOY Xalqaro Teatr Mukofotlari” oʻz egalariga topshirildi

Saqlash
12:18 / 07.02.2025 83 0

5-fevral kuni Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan tantanali marosimda 2024-yilgi “TURKSOY Xalqaro Teatr Mukofotlari” Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasidan oʻz sohalarida muvaffaqiyat qozongan teatr sanʼatkorlariga topshirildi.

 

Bular:

▪️ Fahriddin Manafov (Ozarbayjon) – “Turk dunyosining eng yaxshi erkak teatr aktyori” toifasida;

 

▪️ Duman Ramazon (Qozogʻiston) – “Turk dunyosining eng yaxshi pyesa yozuvchisi” toifasida;

 

▪️ Ulanmirza Karipbayev (Qirgʻiziston) – “Turk dunyosining eng yaxshi teatr rejissyori” toifasida;

 

▪️ Jaloliddin Rahimov (Oʻzbekiston) – “Turk dunyosining eng yaxshi dekor dizayneri” toifasida;

 

▪️ Sibel Erdenk (Turkiya) – “Turk dunyosining eng yaxshi teatr xoreografi” toifasida;

 

▪️ Ayla Hashmetli (Shimoliy Kipr Turk Respublikasi) – “Turk dunyosining eng yaxshi ayol teatr aktyori” toifasida.

 

 

Shuningdek, Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyat qoʻgʻirchoq teatri direktori Olmaxon Berdimuratova ikki davlat madaniy aloqalarini mustahkamlash yoʻlidagi hamkorlikda olib borgan samarali faoliyati uchun “Tiyatro” gazetasi tomonidan “Xalqaro teatr mukofoti”ga sazovor boʻldi.

 

Maʼlumot uchun, “TURKSOY Xalqaro Teatr Mukofotlari” har yili TURKSOY Bosh kotibligi va “Tiyatro” gazetasi hamkorligida, turk dunyosida teatr sohasida ijod qilayotgan yetakchi sanʼatkorlarni ragʻbatlantirish maqsadida taqdim etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//