Qirgʻiziston ruscha familiyalardan voz kechmoqchi

Saqlash
11:03 / 07.02.2025 129 0

Qirgʻiziston Joʻqorgʻi kengesining navbatdagi yigʻilishida deputatlar familiyalarning yangi shakli boʻyicha qonun loyihasini tasdiqladi. Unda milliy anʼanalar va tarix aks etadi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

 

Qonun loyihasining mualliflaridan biri, deputat Mirlan Samiykojo aniqlik kiritishicha, hujjat fuqarolarda ruscha qoʻshimchasi boʻlmagan familiya tanlash imkoni boʻlishi uchun ishlab chiqilgan. Qayd etish joizki, familiyalarning joriy shakli ham saqlanib qoladi, -ov, -yev, -vich, -vna qoʻshimchalarini faqat fuqarolarning xohishiga koʻra oʻzgartirish mumkin.

 

Qirgʻiziston respublikasi Oila kodeksi, “Fuqarolik holati guvohnomalari” qonuniga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi 1-moddaga qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutadi. Unga koʻra, oʻgʻil bolalar uchun otasining ismi yoniga “uulu” (oʻgʻli), “din/tin”, “dun/tun”, qiz farzandlar uchun esa “kыzы”, “dan/tan” yoki “den/ten” qoʻshilib, ushbu holatda farzandga otasining (otchestvo) ismi tayinlanmaydi.

 

Misol uchun, Baktibekov Uson Jakshilikovich taklif etilayotgan oʻzgartirishga koʻra, Baktibekov tegi Uson, Baktibektegi Uson Jakshiliktin, Baktibek Uson yoki Baktibek Uson Jakshilik uulu kabi oʻzgaradi.

 

Baktibekova Nurgul Jakshilikovna esa Baktibektegi Nurgul, Baktibektegi Nurgul Jakshiliktan, Baktibek Nurgul, Baktibek Nurgul Jakshilik kizi shaklida ifodalanadi.

 

Avvalroq Qirgʻiziston Parlamenti spikeri familiyasini oʻzgartirgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//