Shavkat Mirziyoyev Turkistonda Qirgʻiziston va Turkiya rahbarlari bilan uchrashdi

Saqlash
15:03 / 15.05.2026 22 0

Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun ushbu Qozogʻistonning Turkiston shahriga borgan Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston tomonidan bunyod etilgan masjid bilan tanishgach, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov hamda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashuv oʻtkazdi.

 

 

Sadir Japarov bilan boʻlgan uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari, energetika va transport sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan, “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini jadallashtirish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, yetakchilar mintaqaviy kun tartibining muhim jihatlari yuzasidan fikr almashdilar va boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.

 

 

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogʻan xalqaro hamda mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar. Oliy darajada erishilgan muhim kelishuvlar ijrosi yuzasidan faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani, vazirlik va idoralar oʻrtasida yangicha tizim yaratilgani natijasida koʻp qirrali hamkorlik aloqalari samarali rivojlanayotgani qayd etildi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//