Jahon
Qirgʻiziston parlamenti spikeri Nurlanbek Shakiyev familiyasini oʻzgartirdi. Bu haqda u oʻzining feysbuk tarmogʻida maʼlum qilgan.
Joʻqorgʻi kengesi spikerining familiyasi Turgʻunbek oʻgʻli Nurlanbekka oʻzgardi. Spiker bu qarorga kecha yoki bugun kelmagani, bu uning uzoq vaqtdan beri orzusi boʻlganini taʼkidlagan.
Nurlanbek shuningdek, qirgʻiz familiyalarini yozish boʻyicha 4 yangi variantni taklif qiluvchi deputatlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan qonun loyihasini eslatib oʻtdi.
“Familiyani oʻzgartirish – har kimning shaxsiy qarori. Biz deputatlar Mirlan Samiykojo va Amankan Kenjabayevlar bilan familiyalarni oʻzimizning milliy xususiyatlarimizga xos ravishda yozishni taklif qilganmiz. Men ular orasidan bittasini tanladi. Shakiyev familiyasini Turgʻunbek oʻgʻliga almashtirishga qaror qildim” – deb yozadi spiker “Men Turgʻunbekning oʻgʻliman. Men qirgʻizning oʻgʻliman” deb boshlangan postida.
Oʻz xalqining kelajagi uchun befarq emasligi, uning uchun har qanday bosimga ham, tanqidlarga ham roziligini taʼkidlagan spiker shunday fikrlarni keltiradi:
“Dunyoning boshqa xalqlari kabi qirgʻiz xalqi ham ogʻir kunlarni boshdan kechirgan. Lekin shukrki, hozir oʻzimiz orzu qilgan mustaqillikka erishdik. Biroq mamlakatning oʻziga xosligini mustahkam saqlab qolish asosiy masaladir. Oʻz ildizimizga qaytmasak, tilimizni, dilimizni, dinimizni, urf-odatlarimizni sof saqlamasak, mustaqil davlat boʻlsak ham kelajagimiz nomaʼlum boʻlib qoladi. Oʻzagini yoʻqotgan xalq oʻzligini, mustaqilligini ham juda tez yoʻqotadi. Qanchalik oʻzgarib, oʻxshashga harakat qilmaylik, biz arab, amerikalik, rus yoki yevropalik boʻlolmaymiz. Ular kabi boʻlishga harakat qilsak, oʻzimizni unutamiz va manqurtga aylanamiz. Biz nafaqat oʻz taqdirimizni, balki millat taqdirini ham oʻylashimiz kerak”.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q