Jamiyat
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda shahar hokimligi xabarida aytilgan.
Shavkat Umrzoqov oʻzbek-turk munosabatlari jadal rivojlanayotgani, bu, shubhasiz, davlat rahbarlari asos solgan strategik hamkorlik mahsuli ekanligini taʻkidladi. Hamda bunda turk diplomatik korpusining xizmati beqiyosligini eʻtirof etdi.
Elchi, qabul uchun minnatdorlik bildirib, uning Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi yakuniga yetayotganini maʻlum qildi. U avval muhokama qilingan masalalar – Turk maktabini kengaytirish, Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toshkent koʻchalaridan biriga berish hamda Toshkent shahrida Turk bogʻini tashkil etish boʻyicha oʻz mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuv yakunida taraflar oʻzaro muloqotni davom ettirish hamda har ikki davlat uchun manftaatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90460
Jamiyat
74537
Jamiyat
//
Izoh yo‘q