Jamiyat
Oliy Majlis deputatlari aholi oʻrtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish tizimini takomillashtirilishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda qabul qildi.
Qonun loyihasi bilan Sogʻliqni saqlash vazirligiga osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash uchun foydalaniladigan tarkibida yod boʻlgan preparatlarni, ularga qoʻyiladigan talablarni, osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlashga, yodlangan tuzni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga va realizatsiya qilishga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini belgilash hamda uning nazoratini olib borish vakolatlari berilmoqda.
Deputatlarning taʻkidlashicha, mazkur qonun loyihasi qabul qilinishi aholi salomatligini muhofaza qilish, yod yetishmasligi kasalliklarini profilaktika qilish, oʻsib kelayotgan avlodning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Aholining ehtiyoji uchun zarur boʻlgan sifatli va xavfsiz boʻlgan osh tuzi bilan taʻminot toʻliq qoplanadi.
Aholi oʻrtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi 24-yanvar kuni birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqilgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q