Oʻzbekiston va Somali oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi

Saqlash
14:47 / 06.02.2025 56 0

 

AQSHʻning Nyu-York shahrida 5-fevral kuni Oʻzbekiston va Somali oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma kommyunike imzolandi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

 

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov va Somalining BMTdagi doimiy vakili Abukar Dahir Usmon imzolagan.

 

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan institutlari doirasida hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

 

Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini topish maqsadida ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

 

Mazkur hujjatning imzolanishi Oʻzbekiston bilan Afrika davlatlari oʻrtasidagi hamkorlikni faollashtirish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi, deyiladi agentlik xabarida.

 

Qayd etilishicha, Somali Federativ Respublikasi Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 157-davlatga aylandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//