Malayziyaning islom sanʼatiga oid nodir kolleksiyasi Oʻzbekistonda namoyish etiladi

Saqlash
11:34 / 06.02.2025 44 0

 

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot xizmati xabar berishicha, Oʻzbekistonda Malayziya Islom sanʼati muzeyining noyob eksponatlarini namoyish etishga bagʻishlangan maxsus koʻrgazmalari tashkil etiladi. Koʻrgazmada mamlakat tarixi bilan bogʻliq noyob islom madaniyati asarlari namoyish etiladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-fevral kuni rasmiy tashrifi doirasida Kuala-Lumpurdagi Malayziya Islom sanʼati muzeyiga tashrif buyurdi.

 

Ushbu muzey Janubi-Sharqiy Osiyo markazida joylashgan va islom sanʼati merosini oʻrganish hamda asrab-avaylashga yoʻnaltirilgan. Muzey 1998-yilda Malayziyaning “Al-Buxoriy” jamgʻarmasi koʻmagida tashkil etilgan boʻlib, uning umumiy maydoni 300 ming kvadrat metrni tashkil etadi.

 

Oʻzbekiston Prezidenti Malayziya Islom sanʼati muzeyida saqlanayotgan noyob artefaktlar, xususan, mamlakatimiz tarixi bilan bogʻliq madaniy meros namunalari, qadimiy qoʻlyozmalar, betakror miniatyuralar va tarixiy ashyolar bilan tanishdi.

 

Shuningdek, muzeyda Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan nashr etilgan kitoblar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.

 

Tashrif davomida Oʻzbekiston Prezidenti muzeyning noyob eksponatlarini Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida namoyish etish boʻyicha taklif bildirdi. Bu taklif Said Muhammad Buxoriy tomonidan iliq qarshi olindi va katta mamnuniyat bilan qabul qilindi.

 

Malayziya Islom sanʼati muzeyi direktori mazkur muzey koʻrgazmasining ikkinchi bosqichini Imom Buxoriy majmuasida tashkil etish taklifini ham qoʻllab-quvvatladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//