![](/storage/posts/February2025/WWHSCrcEwVv8Z52tMcwc-small.jpg)
Jamiyat
Xususan, eng boy va eng kambagʻal uchta hudud oʻrtasidagi aholi jon boshiga daromadlar farqi 2,4 baravargacha ortdi.
2024-yilda Oʻzbekiston aholisining umumiy daromadlari 896,3 trillion soʻmga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida keltirilgan.
Umumiy daromad – aholi farovonligi darajasining asosiy koʻrsatkichlaridan biri. U nafaqat mehnat faoliyati va mustaqil ish bilan bandlikdan, balki mulkdan (foizlar, dividendlar, gonorarlar va boshqalar) hamda transferlardan (pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, pul oʻtkazmalari) olingan daromadlardan ham iborat boʻladi. Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan umumiy daromad maʻlum bir hududda (masalan, viloyatda) aholi tomonidan olingan umumiy daromadning shu hudud aholisi soniga nisbatidir. Bu har bir fuqaroning oʻrtacha qancha daromad olishini baholash va turli mintaqalar yoki mamlakatlarning turmush darajasini taqqoslash imkonini beradi.
Nominal koʻrinishda oʻsish 18,5 foizga, real oʻsish surʻati esa (inflyatsiyani hisoblamaganda) 8,1 foizni tashkil etgan. 2023-yilda bu koʻrsatkichlar mos ravishda 15 va 4,6 foizni tashkil qilgandi, yaʻni daromadlarning oʻsish surʻatlari yaxshilandi.
Yaxshilanish aholi jami daromadlarining bir qismi sifatida yakka tartibdagi bandlikdan olinadigan daromadlar, norasmiy iqtisodiyotni hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqilishi natijasida roʻy berdi. Bu 26 trillion soʻmga baholandi. Ushbu raqamlar hisobiga 2023-yilda YAIM 1,19 kvadrillion soʻm yoki 101,6 milliard dollargacha (avval — 1,06 kvadrillion soʻm yoki 86,1 milliard dollar) oʻsdi. YAIM 2024-yil uchun ham oshdi.
Aholi jon boshiga umumiy daromadlar 16,1 foiz (inflyatsiya hisobiga — 5,9 foiz) – yiliga 20 million soʻmdan 24,1 million soʻmgacha (oyiga 2 million soʻm) koʻpaydi. Oʻtgan yilning shu davrida oʻsish 12,6 va 2,4 foizni tashkil qilgan.
Aholi jon boshiga oʻrtacha nominal umumiy daromadlar miqdori Toshkent shahrida oʻrtacha respublika koʻrsatkichidan yuqori boʻldi. Poytaxtda u 44,4 million soʻmdan 60,6 million soʻmgacha oʻsdi, Navoiy viloyatida — 31,4 million soʻmdan 38,1 million soʻmgacha, Buxoro viloyatida — 23,5 million soʻmdan 27,5 million soʻmgacha, Toshkent viloyatida esa — 20,7 million soʻmdan 25,1 million soʻmgacha ortdi.
Eng past koʻrsatkichlar Namangan viloyati (16,85 million soʻm), Qoraqalpogʻiston respublikasi (16,86 million soʻm) va Surxondaryo viloyatida (17,88 million soʻm) qayd etildi. Oʻtgan yilga nisbatan Qoraqalpogʻiston Namangan viloyatidan yuqori oʻrin egalladi.
Aholi jon boshiga daromadlarning eng yuqori real oʻsishi Toshkent shahri (+15,4 foiz), Navoiy (7,9 foiz) va Toshkent (6,4 foiz) viloyatlarida qayd etildi.
Surxondaryo, Namangan va Fargʻona viloyatlarida aholining real daromadlari kam oʻsish koʻrsatdi – mos ravishda 0,2, 0,5 va 1,1 foiz.
Hududlar oʻrtasidagi tabaqalanish kuchaydi. Bir yil davomida eng boy uchta va eng kambagʻal uchta hudud orasidagi aholi jon boshiga daromadlar farqi 2,3 baravardan 2,4 barobargacha oshdi. Taqqoslash uchun: 2020-yilda bu farq 2,15 baravarga teng edi. Toshkent shahri va eng Namangan viloyati oʻrtasidagi daromadlar farqi 3,32 dan 3,6 barobargacha koʻtarildi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q