Siyosat
Oʻzbekiston Prezidentining Malayziyaga soʻnggi 20-yil ichidagi ilk rasmiy tashrifi yakuniga yetdi. Ikki mamlakat rahbarlari oʻrtasidagi samimiy munosabat va norasmiy muloqot barchada juda yorqin taassurot qoldirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmat xabar berdi.
Malayziya rahbariyati Prezident bilan samimiy uchrashuvlar oʻtkazish uchun qatʼiy protokol qoidalaridan chekinib, yuksak hurmat va ishonch namoyish etdi.
“Xususan, Prezidentimizni kutib olishga Malayziya parlamenti spikeri chiqqani, malayziyalik hamkasblarimizning aytishicha, ushbu mamlakat protokol amaliyotida ilgari kuzatilmagan voqea boʻldi. Bundan tashqari, Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga butun kun davomida, barcha rasmiy tadbir va uchrashuvlarda hamrohlik qildi. Hattoki muloqotni davom ettirish uchun Oʻzbekiston Prezidentiga ajratilgan qarorgohga shaxsan tashrif buyurdi. Keyin ular birgalikda, bir mashinada “Petronas” bosh qarorgohiga yoʻl olishdi, u yerda kompaniya rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazishdi”, deb yozdi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Oʻzbekiston Prezidenti sharafiga uyushtirilgan rasmiy qabul marosimida Malayziya sanʼatkorlari oʻzining boy tarixi va madaniyati bilan bir qatorda xalqimizning kuy-qoʻshiqlari, raqslaridan iborat konsert dasturini namoyish etgani ham alohida eʼtibor ifodasi boʻldi.
Bunday norasmiy va samimiy munosabat ikki yetakchi oʻrtasidagi yaqin doʻstlikdan, Oʻzbekiston va Malayziya xalqlarining bir biriga boʻlgan yuksak hurmati, ikki tomonlama munosabatlarning porloq istiqbolidan dalolat beradi.
Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim oʻzining Facebook sahifasi Oʻzbekiston prezidentining mamlakatga tashrifiga juda yuqori baho berdi. “Mirziyoyevning tashrifi Malayziya va uning xalqiga maksimal foyda keltiradi”, deb yozdi hukumat rahbari.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q