Jamiyat
Giyohvandlik va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shugʻullanib kelayotgan shaxslar va jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyish maqsadida joriy yilning 3-4-fevral kunlari respublika miqyosida jami 653 ta maxsus tadbirlar oʻtkazildi.
Maʼlum boʻlishicha, tadbirlar davomida 112 kg 257 gr giyohvandlik vositalari (geroin, opiy, gashish, sintetik turdagi giyohvandlik vositalari) hamda 8601 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining aholi orasida tarqatilishi toʻxtatib qolingan. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasidan olingan 287 ming 460 AQSh dollari va 569 million soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan.
Qoʻzgʻatilgan 222 ta jinoyat ishlari doirasida esa 228 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka, 64 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, 47 nafar qidiruvdagi shaxs ushlangan. 357 nafar shaxs bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, 231 nafari rasmiy ogohlantirilgan.
Maʼlumotlarning ochiqlanishicha, keng koʻlamli tadbirlar paytida 175 ta “tigʻ”, 58 ta “bita”, 24 ta “kastet” va 77 ta qurol topilgan.
IIV kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi tezkor tadbirlar boshqa yoʻnalishlarda ham davom ettirilishini xabar qildi.
Jamiyat
Sport
Jahon
Siyosat
Jamiyat
109650
Jamiyat
94034
Jamiyat
89803
Jamiyat
72961
Jamiyat
//
Izoh yo‘q