Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif doirasida Malayziya Islom sanʼati muzeyiga bordi.
Maʼlumot uchun, ushbu majmua mamlakatning eng yirik muzeylaridan biri boʻlib, 1998-yilda tashkil etilgan.
Anʼanaviy islom meʼmorchiligi uslubida qurilgan muzeyning umumiy maydoni 30 ming kvadrat metrdan ziyodni tashkil qiladi.
Bino gumbazining ichki qismini bezash va restavratsiya ishlarida oʻzbekistonlik ustalar ishtirok etgan.
Bu yerda 10 mingdan ortiq islom sanʼati namunalari saqlanmoqda. Doimiy ekspozitsiyada Qurʼon qoʻlyozmalarining noyob toʻplami, sopol va qimmatbaho buyumlar, qurol-yarogʻ namunalari va inshootlar maketlari, taqinchoqlar, tangalar va boshqa ashyolar namoyish etilmoqda.
Muzey fondida zamonaviy Oʻzbekiston hududida turli tarixiy davrlarda yaratilgan 200 ga yaqin noyob eksponatlar alohida oʻrin egallaydi. Ular orasida oʻrta asrlarga oid qoʻlyozmalar, zargarlik buyumlari, mashhur abr matolari va kiyim namunalari, Sharq Renessansiga oid kulolchilik buyumlari mavjud.
Prezident eksponatlarni koʻzdan kechirish chogʻida birgalikda tadqiqotlar oʻtkazish va koʻrgazmalar tashkil etish, ilmiy va madaniy almashinuvni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q