Jamiyat
Adliya vazirligi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining koʻmagi bilan “Samarqand noni” geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov joriy yilning 4-fevral kuni Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga “Samarqand noni” geografik koʻrsatkich hujjatini topshirgan.

Eslatib oʻtish lozim, 2023-yilning 29-avgustida yana bir milliy taom — “Gʻijduvon shashlik” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan edi.
Maʼlumot uchun, “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik koʻrsatkich deb eʼtirof etiladi. Unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bogʻliq boʻladi.
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90460
Jamiyat
74537
Jamiyat
//
Izoh yo‘q